Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari K.Mamanova, S.Ulug'muradov va N.Sulaymonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 31-dekabrdagi PQ–468-son qarori ijrosi hamda 2026-yil yanvar–iyun oylarida investitsiya sohasida amalga oshirilgan ishlar va rejalashtirilgan vazifalar to‘g‘risidagi hisobotni o‘rganish maqsadida "Paxtakor Teks" MChJ faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida korxonada investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi, ishlab chiqarish quvvatlari, yaratilgan ish o‘rinlari hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmlari yuzasidan mas'ullar axboroti tinglandi.

Deputatlar tomonidan investitsiya loyihalarining amaldagi holati o‘rganilib, hisobotda keltirilgan ko‘rsatkichlarning amaliy ijrosi tahlil qilindi.

Slide 1 of 4