Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA

#Ish_reja_ijrosi
#24_ta_muhim_yoʻnalish
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARI KO'MIR BILAN TA'MINLANMOQDA
"Ko'mir ta'minot" MCHJ Jizzax viloyati filialiga qarashli Do'stlik ko'mir ombori ma'muriyati tomonidan kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko'rish maqsadida tumandagi budjet tashkilotlariga sifatli ko'mir mahsulotlari yetkazib berilmoqda. Ishlar tuman hokimi o'rinbosari A.Tinchlikov va Kengash kotibiyati mudiri B.Muxtorov nazoratida olib borilmoqda.
Ayni kunga qadar belgilangan talab asosida tumandagi ijtimoiy soha tashkilotlariga 600 tonnadan ortiq ko'mir yetkazib berildi.
Bu ishlar kuz-qish mavsumida ijtimoiy soha ob'yektlarida issiqlik ta'minoti barqarorligini ta'minlash, aholiga ko'rsatiladigan xizmatlar sifatini oshirish hamda mavsumni uyushqoqlik bilan o'tkazishga qaratilgan. 

Slide 1 of 3