Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #DeputatFaoliyati #Murojaat_va_ijro #Madad_NNT
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati
янв.21
19¹-modda #Kengash_Qarori_ijrosi_deputat_nazoratida
янв.21
#ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #24_ta_masala #savolnoma_asosida #okrugda_o‘rganish
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Murojaat_va_ijro #savolnoma_asosida #Deputat_nazorati
янв.21
#24_ta_masala #Deputat_daftar
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Murojaat_daftari
янв.21
#162_qonun
янв.21
19¹-modda #Kengash_Qarori_ijrosi_deputat_nazoratida #Deputat_mahalla_ko‘cha_boshlari KENGASH QARORI IJROSI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
#24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish #Deputatlik_nazorati
Aholi bilan muloqot — muammoga yechim sari muhim qadam

#deputatlik_faoliyati_Uchtepa #haftalik_ish_reja_doirasida

Aholi bilan muloqot — muammoga yechim sari muhim qadam

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Bunyod Mamadjanov boshchiligida mahallalarda aholi bandligi va daromadlarini oshirish bo‘yicha ishchi guruh Ibrat mahallasida bo‘lib, 10 nafar kambag‘al oila vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qildi.

💬 Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning bandligini ta’minlash, daromad manbalarini ko‘paytirish, tadbirkorlikka jalb etish hamda oilalarni kambag‘allikdan chiqarish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

↗️ Muhimi, har bir fuqaroning imkoniyati va sharoitidan kelib chiqib, uy sharoitida mehnat qilish va daromad topish imkonini beruvchi yo‘nalishlar taklif etildi.

📌 Bildirilgan takliflar asosida fuqarolarning qisqa muddatda mehnat faoliyatini boshlashi, o‘z xonadonida daromad manbaini yaratishi va oilaviy farovonligini oshirishi ko‘zda tutilmoqda.

🤝 Deputatlik faoliyatining asosiy maqsadi — odamlarning muammosini eshitish, amaliy yechim izlash va natijaga yo‘naltirilgan ishlarni tashkil etishdir. Har bir oilada daromad manbai bo‘lsa — oilada barqarorlik, mahallada farovonlik bo‘ladi.

Slide 1 of 4