Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Kambag‘al oilalarga kunduzgi qarab turish xizmati bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z. Raximberganova tomonidan ijtimoiy reyestrda turuvchi kambag‘al oilalarning xonadonlariga borib, o‘zgalarning parvarishiga muhtoj shaxslarni davlat tomonidan tashkil etilgan “Faol hayotga qaytarish” dasturi doirasida kunduzgi qarab turish xizmatiga jalb etish yuzasidan targ‘ibot va tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tashriflar davomida fuqarolarga kunduzgi qarab turish xizmatining mazmun-mohiyati, undan foydalanish tartibi hamda yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berilmoqda.