Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

SHOMBULOQDA ICHIMLIK SUVI TA’MINOTI — NAZORATDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 14-bandi ijrosi doirasida Kengash raisi B. Ochilov va Kengash kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan Shombuloq mahallasida ichimlik suvi ta’minotining amaldagi holati o‘rganildi.

📍 Joyiga chiqqan holda o‘rganish jarayonida xonadonlarning ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi, suv tarmoqlarining holati hamda aholini qiynayotgan mavjud muammolar yuzasidan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

🗣 Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tahlil qilinib, suv ta’minotidagi muammoli nuqtalarga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 1