Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

OBODONLASHTIRISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta Tavsiya asosida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov “O‘zbekiston” MFY raisi bilan birgalikda mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish hamda aholi xonadonlarini ta’mirlash ishlari bilan tanishdi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirilib, mahalla hududini yanada obod qilish va aholi uchun qulay sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2