Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati, Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Gulnoraxon Ismoilova Andijon davlat tibbiyot oliygohi talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida talabalarga sifatli ta’limni tashkil etishda korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, ta’lim jarayonida qonuniylik, shaffoflik va halollik tamoyillariga rioya qilishning ahamiyati tushuntirildi.

Shuningdek, korrupsiyaning ta’lim sifati va jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, yoshlarning bunday holatlarga befarq bo‘lmasligi hamda o‘z huquqlarini bilishi muhimligi ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan ishtirok etib, korrupsiyaning oldini olish va ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashdilar.

Slide 1 of 2