Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DEPUTATLIK TAKLIFI — AMALIY TASHABBUS

Deputat o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan uchrashuvlar va o‘rganishlar davomida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik taklifi kiritishi mumkin.

Takliflarda muammoni bartaraf etish, mavjud sharoitlarni yaxshilash yoki fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy choralar ilgari suriladi.

Deputatlik taklifi hududdagi masalalarga e’tibor qaratish va ularni hal etish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatish imkonini beradi.