Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

YOSHLARGA QONUN MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Yoshlar bilan muloqot davomida mahalliy Kengashga biriktirilgan 162 ta qonundan biri bo‘yicha tushuntirish berildi.

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Maxsudbek Umarov «Al-Buxoriy» MFYda istiqomat qiluvchi yoshlar bilan muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi O‘RQ-327-son Qonunning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Jumladan, oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar hamda qonunchilikda belgilangan huquq va imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, yoshlarning savollari tinglanib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 1