Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat mahallada

Deputat nuroniy ona holidan xabar olib, muammolarini o‘rgandi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati G. Abdullayeva O‘rta qishloq mahallasining A. Avloniy ko‘chasi, 3-uyda istiqomat qiluvchi nuroniy onaxon Jumaniyoza Saodat ona xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldi.
🤝🏻 Tashrif davomida nuroniyning yashash sharoiti, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari yaqindan o‘rganildi. Onaxon bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, uni qiynayotgan masalalar yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.
📍 Deputat tomonidan murojaatda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda o‘rganish, amaliy yordam ko‘rsatish hamda muammolarni manzilli hal etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rishga e’tibor qaratildi