Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DEPUTAT NAZORATI

Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputati G.Absatova tomonidan deputatlik nazorati doirasida maktabda o‘quvchilarning navbatdagi profilaktik emlash jarayoni o‘rganildi.
Nazorat jarayonida tibbiyot xodimlari tomonidan o‘quvchilarni belgilangan tartibda emlash, emlashdan oldin bolalarning holatini ko‘rikdan o‘tkazish, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish hamda ota-onalar bilan tushuntirish ishlari olib borilayotganiga e’tibor qaratildi
Shuningdek, emlash jarayonida har bir o‘quvchiga individual yondashish, tibbiy xavfsizlik talablariga amal qilish va bolalar salomatligini muhofaza qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholi, ayniqsa, bolalar salomatligi bilan bog‘liq masalalarning amaldagi holatini o‘rganish va aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli takliflar bildirishdan iborat.

Slide 1 of 2