Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

⚡️ SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA DEPUTAT TOMONIDAN O‘Z SAYLOV OKRUGIDA O‘RGANILDI

📋 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan Shovot tuman elektr ta’minoti boshlig‘i Qalandarov Ixtiyor Ikromovichning 2026-yil yanvar–sentabr oylarida aholi murojaatlari bilan ishlash holati hamda tuman elektr ta’minoti korxonasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi.
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich tomonidan o‘zining 2-Boyrachi saylov okrugiga kiruvchi Bog‘bon mahallasida o‘rganish o‘tkazildi.
🔎 O‘rganish davomida mahallada elektr ta’minoti bilan bog‘liq mavjud muammolar, aholi murojaatlari hamda elektr energiyasi ta’minotining holati ko‘rib chiqildi.
📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar bildirildi.