35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#Deputatlik_nazorati #Murojaat_daftari
янв.21
#biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi
янв.21
#19¹_modda #YangiO‘zbekistonQiyofasi #DeputatlikNazorat #IchimlikSuvi
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Savolnoma_asosida #Okrugda_o‘rganish #Deputat_nazorati
янв.21
Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining joriy haftadagi ish rejasi e’lon qilindi
янв.21
#KENGASH_VA_KOTIBIYATNING #HAFTALIK_ISH_REJALARI_BELGILAB_OLIND #21_09_2026_yil
янв.21
🌎XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
#DeputatFaoliyati #MurоjaatlarDaftari #24_ta_masala
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "22-Vatan" okrugi deputati Revtov Oleg Viktorovich tomonidan Uchtepa tumannur korxonasi rahbari Kamoliddin Azimovga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Uchtepa tumani “22-Vatan” saylov okrugi hududidagi Vatan mahallasini o‘rganish jarayonida fuqarolar tomonidan 42- va 46-ko‘p qavatli uylar oralig‘ida joylashgan piyodalar yo‘lagidagi yoritish tizimi nosozligi, shuningdek, 1-ko‘p qavatli uy orqa qismidagi tungi yoritish moslamalarining to‘liq kuyganligi aniqlanligi qayd etilgan.

📈 Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida mazkur hududga tungi yoritish moslamalarini sozlash hamda o‘rnatish masalasini belgilangan tartibda ko‘rib chiqib, amaliy choralar ko‘rishingizni hamda ko‘rilgan choralar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etish so‘ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3