35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#Deputat_faoliyati #Murojaat_va_ijro #Deputatlik_nazorati

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 13-“Qorliq” saylov okrugidan saylangan deputat Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna tomonidan saylov okrugiga qarashli “Qorliq” mahallasida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

O‘rganishlar davomida aholidan kelib tushgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, “Ayollar daftari”da ro‘yxatda turuvchi fuqaroning uy-joyini ta’mirlash masalasidagi murojaati nazoratga olinib, unga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Deputat tashabbusi bilan ushbu fuqaroning xonadonini ta’mirlash uchun zarur bo‘lgan qurilish materiallari olib berildi.

Aholi murojaatlarini tinglash, ularning ijtimoiy muammolarini joyida hal etish va "Ayollar daftari"dagi fuqarolarni har taraflama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 3