35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Qiziriq tumanidagi “Takiya ota” qabristonida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

#Kengash_raisi_faoliyati #kotibiyat_mudiri_faoliyati
#nazorat_tahlil

Qiziriq tumanidagi “Takiya ota” qabristonida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich tomonidan Qiziriq tumanidagi “Takiya ota” qabristonida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida qabriston hududidagi mavjud obida hamda yangidan qurilayotgan masjid atrofi obodonlashtirilib, fuqarolar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, hududni ko‘kalamzorlashtirish va zamonaviy, fayzli maskanga aylantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur yo‘nalishda Qiziriq tumani hokimi Sherxon Allamurotov hamda quruvchi mas’ullarga hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini sifatli tashkil etish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati J.Xudoyqulova, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda mas’ullar ishtirok etdi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 6