Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati D.Danayev tomonidan shahar Tibbiyot birlashmasining shoshilinch tez tibbiy yordam bo‘limi faoliyati ko‘zdan kechirildi.

📌O‘rganish davomida bo‘limda bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni, tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlar hamda bo‘limning jihozlanish holati bilan yaqindan tanishildi.

➡️Shuningdek, bemorlarga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bo‘lim faoliyatini yanada takomillashtirish hamda mavjud masalalarni bartaraf etish yuzasidan fikr va takliflar muhokama qilindi.

✅Aholiga ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordam sifati va bo‘limdagi shart-sharoitlar deputatlik nazorati asosida kuzatib boriladi.

Slide 1 of 3