35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari
янв.21
DEPUTAT UCH AVLOD VAKILLARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZDI
янв.21
#162_qonun
янв.21
#DOIMIY_KOMISSIYA_FAOLIYATI #EKSPERT_GURUHI_FAOLIYATI
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Savolnoma_asosida #Deputat_nazorati #Qonunlar_ijrosi #Nazorat_tahlil #Oltinsoy
янв.21
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #MurjaatlarDaftari
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyatidan
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi #Deputat_faoliyatidan
#ta'lim #nazorat

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov 11-sonli maxsus maktab-internatida bo‘lib, ushbu maskanda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlarni atrofliroq o‘rgandi.
Tashrif davomida Kengash raisi har bir sinfxonaga kirib, o‘quv jarayonining borishi, tarbiyalanuvchilarning darsni o‘zlashtirishi hamda ularga yaratilgan moddiy-texnik va maishiy sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Bolalarning sifatli ta’lim va xavfsiz muhitda kamol topishi muhim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Muassasa direktori bilan o‘tkazilgan muloqot chog‘ida maktab-internatda mavjud bo‘lgan bir qator muammolar va yetishmovchiliklar muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va mulohazalar asosida ushbu kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar va vazifalar belgilab olindi.

O‘rganishlar yakunida shahar Kengashi raisining homiyligi ostida maktab o‘quvchilariga maktab formalari topshirildi.

Aholining ehtiyojmand qatlamlari va alohida e'tiborga muhtoj ta'lim muassasalarini qo'llab-quvvatlash ishlari izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 10