35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
🌎XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMAN KENGASHI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTINSOY TUMANI KENGASHINING HAFTALIK ISH REJASINI BAJARILISHI TAHLILI
янв.21
#Kengash_raisi #Okrugda_o‘rganish #24_ta_masala #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla
янв.21
#Deputat_soʻrovi_ijrosi
янв.21
#Kengash_raisi #Kotibiyat_mudiri #Kotibiyat_xodimi #Okrugda_o‘rganish #MurojaatlarDaftari #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla
янв.21
#Okrugda_o‘rganish #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla #24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Okrugda_o‘rganish #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahalla #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #MurojaatlarDaftari
янв.21
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
янв.21
#Deputat_va_hokim_o‘rinbosari #Yangi_O‘zbekiston_qiyofasidagi_mahallalar #KambagallikniQisqartirish #XonadonbayIshlash #Mahalla #MaxsusShtab #AmaliyYechim
янв.21
#24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Aholi_salomatligi #Bo‘ston_MFY
Shahar elektr ta’minoti tizimida amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishida tahlil qilindi!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, shahar infratuzilmasi barqarorligini ta’minlash hamda kun tartibidagi masalalarni chuqur tahlil qilish maqsadida Kengash doimiy komissiyalarining qo‘shma yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda doimiy komissiyalar raislari, ekspert guruhlari a’zolari, deputatlar, Kengash kotibiyati mas’ullari hamda soha mutasaddilari ishtirok etdilar.

Kun tartibida Termiz shahrida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, ijtimoiy soha obyektlari va ko‘p qavatli uy-joylarni barqaror energiya bilan ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha Termiz shahar elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘i Sh.Achilovning hisoboti tinglandi va atroflicha muhokama qilindi.
Batafsil…

📊 Elektr ta’minoti tizimining mavjud imkoniyatlari:

▫️ 413 ta transformator punkti;

▫️ 873,8 km uzunlikdagi 0,4–6–10 kV elektr tarmoqlari;

▫️ 6 ta tarqatish punkti;

▫️ 8 ta 35–110 kV podstansiya;

▫️ 7 594 ta tayanch ustun mavjud.

Mazkur infratuzilma orqali 49 020 ta aholi va 4 359 ta yuridik iste’molchi elektr energiyasi bilan ta’minlanmoqda.

🛠 2026-yilda amalga oshirilgan ishlar:

▪️ 41 ta transformator va 104,2 km elektr tarmoqlari mukammal ta’mirlandi;

▪️ 78 ta transformator va 217,5 km liniyada joriy ta’mirlash ishlari 100 foiz bajarildi;

▪️ “Qizil toifa”dagi 17 ta transformator punkti bo‘yicha 18 ta ish bajarildi;

▪️ “Sariq toifa”dagi 225 ta transformator punktining 180 tasida tegishli ishlar amalga oshirildi.

🏗 “Drayver” loyihalari doirasida “Jo‘yjangal” va “Alpomish” mahallalarida yangi transformator punktlari o‘rnatilib, tadbirkorlik va xizmat ko‘rsatish obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha zarur infratuzilma yaratilmoqda.

Jumladan, “Alpomish” mahallasidagi “Botanika” bog‘i uchun 2 ta 630 kVA transformator punkti o‘rnatilib, 110 metr kabel yotqizildi.

🔧 Shuningdek, “Eskishahar”, “Bog‘ishamol”, “Manguzar”, “O‘zbekiston” va “Majnuntol” mahallalarida transformatorlarni yangilash, qo‘shimcha quvvat o‘rnatish, eskirgan kabel va elektr tarmoqlarini almashtirish hamda yangi elektr tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirildi.

🚨 Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan avariya holatlarini tezkor bartaraf etish maqsadida zarur ehtiyot qismlar zaxirasi shakllantirilib, 78 nafar xodimdan iborat 5 ta avariya-tiklash brigadasi, 3 ta brigada avtomashinasi va 4 ta maxsus texnika shay holatga keltirildi.

📌 Yig‘ilish yakunida hisobot yuzasidan deputatlar tomonidan tegishli savol va takliflar bildirilib, aholini barqaror va uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2