35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

#162_qonun
Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquq masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi N. Akramova tomonidan Nuroniy mahallasidagi 55-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida yangi o‘quv yilida maktab yoshidagi o‘quvchilarni umumiy o‘rta ta’limga to‘liq qamrab olish, ta’lim olish huquqini ta’minlash hamda o‘quvchilarning darslarga jalb etilishi holatlari ko‘rib chiqildi.

Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni talablari asosida amalga oshirildi.

Shuningdek, 22-“Olmazor” saylov okrugi deputati betobligi sababli o‘rganish ishlari doimiy komissiya raisi tomonidan olib borildi.
Slide 1 of 2