Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda mahalla darajasida muammolarni tizimli hal etish — davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Olmaliq shahar Abdulla Qahhor mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni talablari hayotga qanday tatbiq etilayotgani bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi. Tahlil jarayoni Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, deputat Muhiddin Abdullayev hamda hudud deputati Alisher Samadovning Kotibiyatdan biriktirilgan vakili tomonidan tasdiqlangan maxsus savolnoma asosida amalga oshirildi.
O‘rganish davomida asosiy e’tibor quyidagi yo‘nalishlarga qaratildi:
🔹 "Ayollar daftari" bilan ishlash: Mahalladagi ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga manzilliy ko‘mak ko‘rsatish holati;
🔹 Bandlik va tadbirkorlik: Xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha berilgan imtiyozlardan foydalanish darajasi;
🔹 Oila va ajrimlar profilaktikasi: Nizoli oilalar bilan ishlash, ajrimlarning oldini olish hamda mahallasida ma’naviy-axloqiy muhitni barqarorlashtirish choralari;
🔹 Huquqiy va ijtimoiy yordam: Zoravonlikka uchragan yoki og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga "Himoya orderi" berilishi va ularga ko‘rsatilgan amaliy yordamlar.
Monitoring yakunida, xotin-qizlar faolining shu kunga qadar amalga oshirgan ishlari baholanib, PF-209-sonli Farmon talablarini yanada samarali va natijador tashkil etish, aniqlangan kamchiliklar deputatning ko'chama-ko'cha aylanish daftariga qayd qilinib, bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar hamda vazifalar belgilab berildi.
Deputatlik nazorati va mahalla faollari hamkorligida xotin-qizlar manfaatlari yo‘lidagi ishlar izchil davom ettiriladi.