35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

MAHALLIY BYUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARIDAN FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

#sessiyadan_jarayonlar #deputatlik_faoliyati_Uchtepa #19_1_Modda_ijrosi #Doimiy_komissiyalar

MAHALLIY BYUDJETNING QO‘SHIMCHA MANBALARIDAN FOYDALANISH MASALASI MUHOKAMA QILINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq 34-sessiyasida ko‘rib chiqilgan navbatdagi — to‘rtinchi masala Uchtepa tumani mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish masalasiga bag‘ishlandi.

🕯 Mazkur masala tuman hokimligining taklifiga asosan, belgilangan tadbirlarni moliyalashtirish uchun tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni tegishli xarajatlarga yo‘naltirish yuzasidan muhokama qilindi.

🏛 Sessiyada masalaning asoslanganligi, ajratilishi rejalashtirilayotgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi va tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanganligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📈 Muhokamalar davomida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan mazkur masala yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilgani qayd etildi.

💹 Shuningdek, mablag‘ ajratishni so‘rab murojaat qilgan tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ul vakillari doimiy komissiya ishida ishtirok etmagani hamda masalaga oid tegishli hujjatlar taqdim etilmagani sababli mazkur masala bo‘yicha taklif etilgan loyihalardan biri ushbu sessiyadan qoldirilgani ma’lum qilindi.

📁 Shu bilan birga, doimiy komissiya tomonidan sessiyaga kiritilgan 1 ta loyiha bo‘yicha o‘rganish natijalari va xulosasi deputatlar e’tiboriga havola etildi.

🗣 Mazkur muhokama jarayonida deputatlar tomonidan mahalliy byudjet mablag‘laridan foydalanishda qonuniylik, asoslanganlik, shaffoflik va mablag‘larning aniq maqsadga yo‘naltirilishi muhimligi yana bir bor ta’kidlandi.

Slide 1 of 4