🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Nodir Abduraxmonov ishtirokida tuman yoshlari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi.
❗️Uchrashuvda mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan ulkan yutuqlar, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot hamda yoshlarning yurt ravnaqi va kelajagidagi muhim o‘rni haqida fikr almashildi.
❗️Shuningdek, yoshlarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, yurt tinchligi va osoyishtaligini asrash, mustaqillikning tarixiy ahamiyatini chuqur anglash tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.