35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

ISH IZLAYOTGAN FUQAROLAR UCHUN YANGI IMKONIYATLAR

Shu maqsadda Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 11-Oqbuloq saylov okrugidan saylangan deputat To‘lqin Qodirov tashabbusi bilan tumandagi yirik issiqxona xo‘jaligida ish izlayotgan fuqarolar uchun uchrasuv va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Uchrashuv davomida deputat va mas’ullar tomonidan fuqarolarga:
Issiqxonada mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda ajratiladigan maoshlar;
Yaratilgan mehnat sharoitlari va ish faoliyatining tartibi;
Ishga joylashish hamda doimiy daromadga ega bo‘lish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mazkur tashabbus orqali ish izlayotgan fuqarolarni mavjud ish o‘rinlariga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 2