35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH: DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH: DEPUTATLIK NAZORATI KUCHAYTIRILMOQDA
📌 2026-yil 9-sentabr kuni Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi 829-son qarori bilan tasdiqlangan “Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishga boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablarining tumandagi ijrosi muhokama qilindi.
📋 O‘rganish natijasida tumanda korrupsiyaga qarshi kurashish, xodimlarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Shu bilan birga, korrupsiya haqida xabar berish imkoniyatlari va mavjud kanallar to‘g‘risida aholi hamda xodimlarning xabardorligini yanada oshirish zarurligi aniqlandi.