Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 14-“Cho‘qqayma” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman Kengashi raisi Dadamatov Faxriddin Janobovich tomonidan mahalla fuqarolari bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda bildirilgan taklif va murojaatlar asosida tumanda qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish, o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda mazkur yo‘nalishdagi qonunchilik hujjatlari ijrosi Kengash ish rejasi asosida deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi.O‘rganish davomida “ZERO-WASTE” MChJ Parkent tuman filialida bo‘lib, korxona rahbari Otabek Mirdavlatov hamda mas’ul xodimlar ishtirokida filial faoliyati, mavjud maxsus texnikalar, chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish tizimi, shuningdek, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari bilan yaqindan tanishildi.Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi 362-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan maxsus tuzilgan savolnoma asosida filial rahbari va mas’ul xodim bilan suhbat o‘tkazildi.Suhbat davomida deputat tomonidan, avvalo,Parkent tumani hududida hosil bo‘layotgan qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish ishlari tasdiqlangan reja-grafik asosida qay darajada amalga oshirilayotgani, mahallalarda o‘rnatilgan chiqindi konteynerlarining
yetarliligi, mavjud konteynerlarning aniq soni, ularning sanitariya holati va belgilangan muddatlarda bo‘shatilishi masalalari qanday tashkil etilgani yuzasidan savollar berildi.Bundan tashqari, chiqindilarni yig‘ish va tashish jarayonida sanitariya hamda ekologik talablarga rioya etilishi, ushbu talablar bajarilishi ustidan nazoratning tashkil etilishi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas’ullar tomonidan ko‘rilayotgan choralar yuzasidan ham tegishli savollar berilib, javoblar olindi.Ma’lumotlarga ko‘ra, korxona tasarrufida 18 ta chiqindi tashuvchi maxsus texnika, 244 ta chiqindi konteyneri hamda 3 ta chiqindi yig‘ish shoxobchasi mavjud. Barcha maxsus transport vositalari masofadan nazorat qilish imkonini beruvchi GPS tizimi bilan jihozlangan.Tumandagi 53 ta mahallada qattiq maishiy chiqindilar tasdiqlangan reja-grafik asosida, “signal” usulida olib chiqib ketilishi yo‘lga qo‘yilgan. Ayni paytda jami 28 987 ta abonent, 134 324 nafar aholi chiqindi olib chiqish xizmatlari bilan qamrab olingan.Filialda jami 89 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritmoqda. Xodimlarning ishga kelib-ketishini nazorat qilish uchun Face ID tizimi joriy etilgan. Avtogaraж hududida kuzatuv kameralari o‘rnatilgan,ishchilar uchun yuvinish va kiyinish xonalari tashkil etilgan.Shuningdek, haydovchi va yuk ortuvchilar har kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, maxsus texnikalar mexanik va bosh muhandis nazoratidan so‘ng ishga chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan. Hududlarda xizmat ko‘rsatayotgan maxsus transport vositalarining harakati esa GPS tizimi orqali masofadan kuzatib borilmoqda.O‘rganish jarayonida chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmatlari bo‘yicha to‘lovlar, abonentlar hisobini yuritish hamda mavjud qarzdorlik holatlari ham ko‘rib chiqildi. Ushbu yo‘nalishda yagona elektron “TOZA MAKON” billing tizimi orqali hisob yuritilmoqda.Shuningdek, yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylarda chiqindi to‘plash joylarini oldindan nazarda tutish, chiqindi
konteynerlarini belgilangan talablarga muvofiq joylashtirish hamda qurilish chiqindilarini tegishli tartibda olib chiqib ketish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.O‘rganish yakunida chiqindilarni o‘z vaqtida olib
chiqib ketish, chiqindi konteynerlarining sanitariya holatini doimiy nazorat qilish, sanitariya va ekologik talablarga qat’iy rioya etish hamda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonun talablarining ijrosini ta’minlash masalalari bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.