Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputatlari Avazbek Appaqov va Dildoraxon Rahmatullayevalar Andijon davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan talabalarni o‘qishga qabul qilish jarayonlari, uzoq hududlardan qatnab tahsil olayotgan talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash, ta’lim sifati hamda boshqa muhim masalalar institut mas’ullari bilan birgalikda o‘rganildi.
Shuningdek, mavjud masalalarni aniqlash, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni baholash hamda ta’lim jarayonini yanada takomillashtirish bo‘yicha fikr va takliflar muhokama qilindi.