35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Aholi bilan ochiq muloqot — amaliy yechimlar sari

Reja-grafikka asosan, ayni paytda Andijon shahar hokimi, Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati E. Karimov Andijon shahar 17-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Obod” mahallasida istiqomat qiluvchi 85 nafar ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.

Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari va muammolari tinglanib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va yo‘nalishlar berilmoqda.

Uchrashuvda aholini qiynayotgan masalalarni joyida o‘rganish, murojaatlarning yechimini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Slide 1 of 4