35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

19¹-modda
🏥 Markaziy poliklinikada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo'janazarov tumandagi Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikada bo‘lib, muassasa rahbari bilan uchrashdi.

🤝 Uchrashuv davomida poliklinikaning faoliyati, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlar yuzasidan fikr almashildi.

🔹 O‘rganish jarayonida poliklinikada bemorlar va tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayoni, sanitariya va obodonlashtirish holati, shuningdek, tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

🔹 Shuningdek, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning muammolariga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni yanada takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 3