35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

XOTIN-QIZLAR KASBGA YO‘NALTIRILMOQDA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Dilafruz Qurbonova tashabbusi bilan ijtimoiy himoyaga muhtoj, kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan mahalla xotin-qizlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy ishlar olib borilmoqda.

Andijon pedagogika texnikumi mutaxassislari ishtirokida xotin-qizlar bilan yakka tartibdagi suhbatlar tashkil etilib, ularning qiziqishlari, imkoniyatlari va kasb-hunar egallash istaklari o‘rganildi.

Suhbatlar davomida xotin-qizlarni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda kelgusida bandligini ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish va munosib daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish.

Slide 1 of 3