Maydonbozor mahalla fuqarolar yig‘ini hududida fuqarolarning murojaatlari va mavjud muammolarini o‘rganish maqsadida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida inson ijtimoiy xizmatlari xodimi hamda mahalla raisi bilan birgalikda fuqaroning uy-joyini ta’mirlash bilan bog‘liq masalasi ko‘rib chiqildi.
Mazkur masalani hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
O‘rganish ishlarida Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi raisi R. Ziyayev hamda shahar Kengashi deputati A. Appakov ishtirok etdi.