35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DUAL TA’LIM — NAZARIYADAN AMALIYOTGA

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi doimiy komissiyasi raisi Dilafruz Qurbonova o‘z tashabbusi bilan komissiyaga biriktirilgan qonun hujjatlari va qarorlar ijrosi yuzasidan amaliy ishlarni tashkil etmoqda.

Shu doirada, Andijon pedagogika texnikumida dual ta’lim asosida tahsil olayotgan 1-bosqich o‘quvchilarining nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash maqsadida “Orzular kemasi” xususiy MTT bilan uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Mazkur hamkorlik orqali o‘quvchilarning bevosita maktabgacha ta’lim tashkilotida amaliyot o‘tashi va ta’lim jarayonlarida ishtirok etishi uchun imkoniyat yaratildi.

Bu tashabbus — dual ta’limni rivojlantirish, o‘quvchilarni amaliyotga yo‘naltirish va kelajakdagi mutaxassislarni tayyorlashda muhim qadamdir.

Slide 1 of 4