Xalq deputatlari Tomdi tumani Kengashi deputati, Kengash kotibiyati mudiri Ye.Mirzayev tomonidan Shieli OFYdagi maktabgacha ta’lim muassasasi faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
O‘rganish davomida muassasada bolalarga yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi hamda mavjud imkoniyatlardan foydalanish holatiga e’tibor qaratildi.
Shuningdek, muassasa faoliyatida mavjud muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish va maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini yanada oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
🎯 Maqsad — bolalar uchun munosib sharoit yaratish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish.
Sifatli ta’lim va munosib sharoit — farzandlarimiz kelajagining mustahkam poydevori!