35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan 10-Mustaqillik saylov okrugi hududida aholi, ayniqsa, yoshlar va bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlarining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududdagi sport maydonchalari va inshootlarining mavjudligi, ularda sport bilan shug‘ullanish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgani, shuningdek, sport anjomlari va jihozlarining mavjudligi hamda texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, sport inshootlaridan aholining, xususan, bolalar va yoshlarning samarali foydalanishi, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullar bilan fikr almashilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va sport inshootlaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4