35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

NAVBATDAGI KENGASH SESSIYASI KUN TARTIBIGA KIRITILGAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILD

Navbatdagi sessiyada tuman hokimining birinchi o‘rinbosari tomonidan ijro intizomi bo‘yicha hisobotni eshitish rejalashtirilgan.

O‘rganish davomida tumandagi idora va tashkilotlarda topshiriqlar ijrosining ta’minlanishi, ijro intizomiga rioya etilishi hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida bajarilishi holati tahlil qilindi.

Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularga belgilangan muddatlarda javob berish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni amaliy hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari navbatdagi Kengash sessiyasida muhokama qilinib, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar beriladi.