Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati I.Karabayev tomonidan Farhod mahallasida qurilish ishlari olib borilayotgan hamda qurilish ishlarini davom ettirish zarur bo‘lgan binolar holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
✔️O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, ob’yektlarning bugungi holati, mavjud muammolar hamda ishlarni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar tegishli mas’ullar va qurilish sohasi vakillari ishtirokida muhokama qilindi.
✔️Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qurilish ishlarini sifatli va belgilangan talablar asosida davom ettirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.