XO‘JAIDOD MFYDA HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov va 11-sonli “Qo‘rg‘oncha” saylov okrugi deputati Y.Aliyev tomonidan Xo‘jaidod MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
✅ O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarni tadbirkorlikka jalb etish hamda imtiyozli kreditlardan samarali foydalanish holati tahlil qilindi.
📊 2026 yil boshidan buyon amalga oshirilgan ishlar:
🔹 “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida 18 ta ishsiz va kambag‘al oila a’zolariga bog‘dorchilik, chorvachilik, kavrak va asalarichilik yo‘nalishlarida 332 mln so‘m kredit ajratilgan;
🔹 “Davlat ta’minotidagi oilalar” dasturi doirasida 1 ta oilaga chorvachilik yo‘nalishida 30 mln so‘m kredit ajratilgan;
🔹 12 nafar ishsiz fuqaro doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan;
🔹 20 nafar fuqaro o‘zini o‘zi band qilgan;
🔹 6 nafar ishsiz fuqaro kasb-hunarga o‘qitilgan.
✅ O‘rganish yakunida aholi bandligini ta’minlash, yangi tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish, kambag‘al oilalar daromadini oshirish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.