35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#hokim_deputat
янв.21
#162_qonun
янв.21
#Sessiya_kun_tartibi #Tashabbusli_byudjet #Kengash_Kotibiyati #Oltinsoy #Openbudget
янв.21
#19¹_modda #Deputat_faoliyati #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati #Kengash_Kotibiyat_faoliyati #Oltinsoy #Bo‘ston_MFY
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Qonunlar_ijrosi #Nazorat_tahlil
янв.21
#ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #murojaatlar_nazorati #oltinsoy
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #ish_reja_ijrosi #doimiy_komissiya_faoliyati #korrupsiyaga_qarshi_kurash
янв.21
#Murojaat_va_ijro #Murojaat_daftari #Deputatlik_nazorati
янв.21
Deputat so‘rovi yo‘llandi
янв.21
“Dug‘oba” mahallasida obodonlashtirish ishlari deputatlik nazoratida
#Qaror ijrosi deputatlik nazoratida

#Qaror ijrosi deputatlik nazoratida

Inklyuziv ta’lim uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 2026-yil 13-avgustdagi VII-32-48-10-143-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida tuman hududidagi umumta’lim maktablarida inklyuziv muhitni yaratish hamda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan bolalar uchun teng imkoniyatlarni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashining 7-Fayzobod saylov okrugi deputati Dushayeva Nazokat Sharofitdinovna tomonidan 66-sonli umumta’lim maktabida mazkur qaror ijrosi yuzasidan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabda inklyuziv ta’limni tashkil etish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim muhitining moslashtirilgani hamda alohida ta’lim ehtiyojlariga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun zarur imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur ishlar har bir bolaning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ta’limda teng imkoniyatlarni yaratish va inklyuziv muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

✅ Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati

Slide 1 of 5