Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 2-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati Ravshan Jovliyev hududida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L. Xurramov tomonidan yoshlar yetakchisining faoliyati tahlil qilindi.
Tahlil jarayonida hududdagi yoshlar bilan ishlash holati, ularning bandligini ta’minlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi ishlar o‘rganildi.Ma’lum bo‘lishicha, mahallada jami 900 nafar yosh istiqomat qiladi. Joriy yilda 40 nafar yosh ta’lim muassasalarini tamomlagan.
Shuningdek, hozirgi kunda 31 nafar yosh yozgi mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlarida mehnat qilish maqsadida migratsiyaga ketgan.O‘rganish davomida yoshlarning bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda doimiy daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.