35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

🎁 1-sinf o‘quvchilariga “Prezident sovg‘alari” topshirildi

Bugun Tuproqqal’a tumanidagi 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarga “Prezident sovg‘alari”ni topshirish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashi raisi Xushnudbek Sultonov ishtirok etib, ilk bor maktab ostonasiga qadam qo‘ygan jajji o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi hamda ularga sovg‘alarni topshirdi.
🎓 Yosh avlodning sifatli ta’lim olishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar kelajagimiz uchun muhim poydevordir.
Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin! 📚✨