Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi 26-“Yangi obod” saylov okrugi deputati G.Payg‘amova tomonidan “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv hamda fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va amaliy yechim topish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.
Xususan, Maram ko‘chasi 6-uy, 17-xonadonda yashovchi fuqaro M.Mirsaidova o‘z o‘g‘li X.Mirsaidovning ko‘zini jarrohlik yo‘li bilan davolatish masalasida murojaat qildi.
Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, masalani tegishli tartibda o‘rganish va fuqaroning davolanishiga ko‘maklashish maqsadida Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasiga deputatlik so‘rovi yuborish bo‘yicha kelishib olindi.
Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi