35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan Aytim MFY hududida mikroloyiha doirasida yangi tashkil etilgan o‘quv markazi faoliyati va mavjud sharoitlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur loyihani amalga oshirish uchun hokim yordamchisi ko‘magida 50 million so‘m miqdorida kredit mablag‘i ajratilgani ma’lum bo‘ldi.

Bugungi kunda loyiha ishlari to‘liq yakunlangan bo‘lib, o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshlagan. Markazda aholiga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish orqali yangi imkoniyatlar yaratilmoqda.

Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — hududlarda amalga oshirilayotgan mikroloyihalarning samaradorligini, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini hamda yaratilgan imkoniyatlardan aholining foydalanish holatini nazorat qilishdan iborat.

TelegramFacebookInstagramE-Kengash

Slide 1 of 5