35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
#Kengash_raisi_deputat_sifatida #Okrugda_o‘rganish #Murojaat_va_ijro #24_ta_masala
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #24_ta_masala #Okrugda_o‘rganish
янв.21
SESSIYA KUN TARTIBIGA KIRITILISHI REJALASHTIRILAYOTGAN MASALA JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #savolnoma_asosida #Okrugda_o‘rganish #Deputat_va_kotibiyat_bosh_mutaxassisi
янв.21
#19¹_modda #Kengash_qarori_ijrosi_deputat_nazoratida
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #Deputat_va_kotibiyat_bosh_mutaxassisi #24_ta_masala
янв.21
#HOKIM_DEPUTAT_VA_TUMAN_RAHBARLARI
янв.21
#DeputatFaoliyati #MurjaatlarDaftari
янв.21
#162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Okrugda_o‘rganish
янв.21
#Biriktirilgan_tashkilot #Kotibiyat_mudiri #24_ta_masala
Bugun Popda bayramona tong otdi!

Bugun Popda bayramona tong otdi!

Mustaqilligimizning qutlug‘ 35 yilligi arafasida Kelachi mahallasidagi Toshkent ko‘chasi yangicha qiyofada, fayzu tarovat bilan el-yurt bag‘riga ochildi.

Tantanali ochilish marosimida viloyat va tuman mehmonlari, nuroniy otaxonlar, yoshlar hamda mahalla aholisi ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olgan tuman Kengashi deputati, tuman hokimi Gʻulomjon Murodxo‘jayev yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan munosib sharoitlarga to‘xtalib, ushbu ezgu tashabbusni amalga oshirishda hissa qo‘shgan POP CITY MALL rahbariyatiga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, zamonaviy va ko‘rkam qiyofa kasb etgan Toshkent ko‘chasi tantanali ravishda ochildi!

Yoshlarimizning sevimli san’atkori Jahongir Foziljonov «Bojalar» guruhi Kelachi mahallasidagi Yoshlar maydonida o‘zining dilrabo qo‘shiqlari bilan haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi!

Slide 1 of 7