35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI!

“XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” MUSOBAQASIGA START BERILDI! ⚽️🏆

Tuman hokimi tashabbusi bilan tashkil etilgan tumanda istiqomat qiluvchi mahalla yoshlari o‘rtasida sportning mini-futbol turi bo‘yicha “XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” musobaqasiga start berildi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Farg‘ona viloyati hokimi X.X. Bozorov ishtirok etib, musobaqaga start berdi hamda jamoalarning dastlabki uchrashuvini boshlab berdi.

Tadbirda xalq deputatlari viloyat va Furqat tumani Kengashlari deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, mahalla faollari, yoshlar yetakchilari hamda tuman hududidagi mahallalardan tashrif buyurgan yoshlar jamoalari faol ishtirok etdilar.

Mazkur sport musobaqasi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish hamda mahallalar o‘rtasida do‘stona va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga qaratilgan.

Musobaqa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-120-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida, Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.

Turnir davomida mahallalardan saralab olingan jamoalar g‘oliblik uchun o‘zaro kuch sinashadi. Eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar munosib taqdirlanib, “XALQ DEPUTATLARI FURQAT TUMANI KENGASHI KUBOGI” sohibi aniqlanadi.

Slide 1 of 1