Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi deputati Mirjamol Mirsaidov tomonidan «Istiqlol» mahallasida yoshlar yetakchisi bilan uchrashuv o‘tkazildi.
❗️Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonuni ijrosi, mahallada yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish hamda muammolarini hal etish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
✅Shuningdek, yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, davlat dasturlari ijrosini samarali ta’minlash va yoshlar murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish bo‘yicha fikr almashildi.