35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Tuman hokimi deputatlik faoliyati: Fuqarolar murojaatlari joyida o‘rganilib, muammolar yechimiga qaratilgan aniq choralar belgilandi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 21-«Guliston» saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Abdulla Mamatqulov navbatdagi fuqarolar qabulida bildirilgan murojaatlar ijrosini ta'minlash maqsadida tuman prokurori Baxtiyor Berdimuratov hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirokida At-Termiziy mahallasida bo‘ldi.

Joyiga chiqib o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida mahalla aholisini uzoq vaqtdan buyon tashvishga solib kelayotgan ichimlik suvi, oqova suv tizimi, elektr ta'minoti, ichki ko‘chalarni ta'mirlash hamda kommunal infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar bevosita ko‘zdan kechirildi. Har bir murojaat yuzasidan mavjud holat atroflicha tahlil qilinib, muammolarni bartaraf etishning amaliy mexanizmlari muhokama qilindi.

O‘rganish yakunida mutasaddi tashkilotlar rahbarlariga har bir masala bo‘yicha aniq vazifalar va ijro muddatlari belgilandi. Shuningdek, murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni sifatli, o‘z vaqtida va tizimli hal etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berilib, ularning ijrosi doimiy nazoratga olinishi ta'kidlandi.

Bunday joylardagi o‘rganishlar fuqarolar murojaatlarini tezkor hal etish, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda mahallalarda qulay va munosib turmush sharoitini yaratishga amaliy zamin bo‘lmoqda.

Slide 1 of 4