35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

67-SON MAKTABDA REKONSTRUKSIYA ISHLARI YAKUNIY BOSQICHDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori asosida mazkur ta’lim muassasasida rekonstruksiya ishlari boshlangan.
Loyihaning umumiy qiymati 5 milliard 89 million so‘mni tashkil etib, qurilish ishlari “Sarbon Seving” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda.
Mazkur ishlarning borishi Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashining 17-“Yangiobod” saylov okrugidan deputati E. Ergashev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi T. Gulmatov tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining yakuniy bosqichidagi holati, bajarilgan ishlarning sifati, loyiha doirasida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda yangi o‘quv binosini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik masalalariga e’tibor qaratildi.
Qo‘shimcha 240 o‘rinli zamonaviy o‘quv binosining barpo etilishi maktabning ta’lim olish imkoniyatlarini kengaytirish, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Mazkur loyiha doirasidagi ishlarning belgilangan talablar asosida, sifatli va o‘z vaqtida yakunlanishi ustidan deputatlik nazorati olib borilmoqda.

Slide 1 of 3