35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot hamkorligi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari hamda biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🤝 Shu doirada deputat X.Turdiyev tomonidan Tuman Inson ijtimoiy xizmatlar markazi faoliyati o‘rganilib, Bolalarni ijtimoiy himoya qilish sho‘basi rahbari D. Navbatova bilan suhbat o‘tkazildi.
📋 Suhbat davomida 6 nafar yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash masalasi yuzasidan ma’lumotlar olindi.
🏠 Bolalarning ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda uy-joy bilan ta’minlash masalalarini doimiy nazoratda tutish bo‘yicha hamkorlik ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2