❗️Aviasozlar mahallasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulhakim Xushboqovich, tuman prokurori, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i, mahalla raisi, profilaktika inspektori hamda Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri ishtirokida hudud bo‘ylab o‘rganish ishlari olib borildi.
📌 O‘rganish davomida mahalladagi kriminogen vaziyat, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, obodonlashtirish holati hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar joyida ko‘zdan kechirildi.
🤝 Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholi xavfsizligini ta’minlash va mutasaddi tashkilotlar hamkorligini yanada kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.