35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

“MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

 “MADAD” BILAN HAMKORLIK DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi raisi Dilorom Safarova hamda Kengash kotibiyati mudiri tomonidan “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Hamkorlik doirasida aholining huquqiy muammolarini o‘rganish, fuqarolarga huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatish, shuningdek, ularning murojaatlarini tegishli tartibda ko‘rib chiqishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Uchrashuv va o‘rganishlar davomida mavjud muammolarni aniqlash, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
Aholining huquqiy manfaatlarini himoya qilish va murojaatlarini hal etishda hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.