35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat faoliyati: Aholi murojaatlari va maktabdagi ishlar tahlil qilindi

Tashrif davomida mahalla aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot o‘tkazilib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif, murojaat va muammolar tinglandi. Ko‘tarilgan masalalarni o‘z vaqtida hal etish hamda ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng mahallada joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi. Maktab hududining umumiy holati, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, tashqi infratuzilma hamda hududni yanada obod etish ishlari atroflicha o‘rganildi.
O‘rganishlar davomida maktab hududini ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, o‘quvchilar uchun qulay va zamonaviy ta’lim muhitini yaratish hamda maktab atrofi va ichki hududini doimo ozoda va tartibli saqlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Ta’kidlanganidek, ta’lim muassasalarida yaratilayotgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash, yoshlarning sifatli ta’lim olishi va ular uchun zamonaviy infratuzilmani shakllantirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qoladi..

Slide 1 of 4